← essays·Sun'iy intellekt maslahatlar · Episode 1 of 1

· 3 min read

Sun'iy intellekt maslahatlar | 1-maslahat: Rol bering

Sun'iy intellektdan samarali foydalanish — bu san'at. Ko'pchilik faqat savol berib, javob oladi. Lekin professional foydalanuvchilar sun'iy intellektni boshqacha ishlatadi.

Birinchi maslahat: Sun'iy intellektga rol bering.

Rol berish nima?

Sun'iy intellektga javob berishdan oldin kim ekanligini aytish — unga kontekst berish. Masalan:

  • "Sen tajribali marketing mutaxassisisisan..."
  • "Sen 20 yillik tajribaga ega yurist sifatida..."
  • "Sen startup uchun product manager sifatida..."

Nima uchun ishlaydi?

Sun'iy intellekt har bir so'rov uchun eng mos formatda javob berishga harakat qiladi. Rol berib, siz unga qaysi "ko'z bilan qarash" kerakligini aytasiz. Natija: aniqroq, amaliyroq va professional javoblar.

Misol

Rolsiz: "Mening loyiham uchun marketing strategiyasi yoz."

Rol bilan: "Sen B2B SaaS kompaniyalari bilan ishlagan tajribali growth marketer sisan. Mening loyiham uchun marketing strategiyasi yoz."

Ikkinchi variant ancha yaxshi natija beradi. Sun'iy intellekt siz kutgan "ko'z bilan" javob beradi.

Amaliy mashq

Bugun bitta so'rovingizga rol qo'shing. Farqni o'zingiz ko'ring.


Bu rubrikada har haftada sun'iy intellektdan samaraliroq foydalanish bo'yicha bitta amaliy maslahat beriladi.